Intensiv usulda…

Date:

Baliqchilik qishloq xo‘jaligining eng serdaromad sohalardan bo‘lib, katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Yurtimizda baliqchilik, ayniqsa, keyingi yillarda rivojlanib boryapti. Hududlarda suniiy ko‘llar ko‘payib, baliqchilik xo‘jaliklari soni ortib bormoqda. Tarmoqqa yangicha texnologiyalar kirib kelyapti. Ayniqsa, intensiv usulda baliq yetishtirish samarali natija bermoqda. Bundan olinadigan yuqori hosildorlikni oddiy ko‘llarda uddalash qiyin. Buning ustiga, intensiv usulda baliq etishtirish uchun katta maydonlar talab etilmaydi. Kichik, ixchamgina joyga o‘rnatiladigan suniiy hovuzdan ham yaxshigina hosil olsa bo‘ladi.
Shu bois, fermerlarimiz baliq etishtirishning intensiv usulidan keng foydalanyapti. Yopiq suv aylanish tizimi, intensiv kichik suv havzalari, qafas va “sholi+baliq” usullarida etishtirilgan baliqlar inson salomatligi uchun foydali ekanini e’tirof etmoq lozim.
Termiz shahridagi “Guliston” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida xonadonlarda intensiv usulda baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish reja qilingan. Loyihaga ko‘ra o‘lchamlari 6x5x1 metr bo‘lgan havzalar tashkil etiladi, mazkur havzalarda bir yilda o‘rtacha 500 dona, og‘irligi 1,8-2,0 kilogramm bo‘lgan baliq yetishtirish imkoniyati mavjud.
Viloyat hokimi ushbu mahallada bo‘lib, rejalashtirilgan loyiha taqdimoti va kichik o‘lchamli havzalarda baliq yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi. Mutasaddilarga loyihani samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida “Surxon” daryosi bo‘yi qirg‘og‘idan 25 sotix bo‘sh yer maydonini ijara asosida foydalanish uchun fuqarolarga berish orqali 50 dona intensiv baliq hovuzlarini joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun