YAXSHILIK

Date:

— Dadasi, televizor buzilib qoldi.
Ishdan charchab kelgan erini shunday shumxabar bilan qarshi oldi ayol.
— Nega? Nega buzilib qoladi? — ko‘zlari xonasidan chiqqudek bo‘lib so‘radi er.
— Bilmadim? — Yelka qisdi xotin.
— Kun bo‘yi uyda o‘tirasan, sen bilmasang, kim biladi. Yangi televizor o‘z-o‘zidan buzilib qolmaydi-ku?!
Erkak ovqatga ham qaramay televizor tomon yugurdi. Hali u tugmani, hali bu tugmani bosdi,
biroq sozlolmadi. Axiyri, televizorning orqa qopqog‘ini ochishga qaror qildi.
— Bu nimasi?
Erining g‘azab bilan baqirganini eshitgan xotin yugurib keldi va televizorning orqasi achib-bijib, qorayib ketgan yeguliklarga to‘lib-toshganini ko‘rib, hayratdan yoqa ushlab qoldi.
Er-xotinning nigohi beixtiyor bir burchakda bu mojarolarga befarq holda o‘yinchoq o‘ynab o‘tirgan qizaloqqa qadaldi. Aybdor topildi. Ota besh yoshli qizalog‘ini yoniga chaqirdi.
— Jenni, bu sening ishingmi? — so‘radi u yumshoq ohangda.
Qizcha bosh silkidi.
— Nega bunday qilding? — so‘radi ota qoshlari chimirib.
— Och bolalarga ovqat berdim.
— Qaysi bolalarga?
— Afrikaliklarga.
Otaning ko‘z oldida ochlikdan sillasi qurigan afrikalik bolalarning qiyofasi keldi-yu, birdan ko‘zlariga yosh qalqdi. U qizalog‘ini koyish o‘rniga beixtiyor bag‘riga bosdi…

Den Endryus

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun