Foydalanishga topshirildi…

Date:

Bahor yangilanish va yasharish fasli. Bunday o‘zgarishlar ongimizga, qalbimizga ta’sir etadi va harakatlarimizda ham aks etadi. Atrof-muhitni ayni faslga mos o‘zgartirishga, obod qilishga kirishamiz. Voha chiroyiga chiroy qo‘shayotgan osmon o‘par binolar, turar-joy va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini-da tashqi ko‘rinishini o‘zgacha qiyofa kasb etishi davlat miqyosidagi masalaga aylanadi. Shu jihatdan Surxondaryo viloyatida 1 ming 589 ta ko‘p qavatli uylar bo‘lib, ularga 32 ta boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilishini hisobga oladigan bo‘lsak, viloyat hokimining hududlarga tashrifi davomida belgilab berilgan dasturga asosan katta o‘zgarishlar, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Birgina 1991-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli turar-joylarning 377 tasi mukammal taʼmirdan chiqarildi. Qolgan barcha turar-joylarda joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. 400 dan ortig‘ining fasad qismi bo‘yalib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Ko‘p qavatli uylar oldiga 5 ming metr kvadrat beton yo‘lakchalar va avtoturargohlar barpo etildi, 17 ta bolalar maydonchalari, 8 ta tandirxona va 7 ta umumiy foydalanishdagi hojatxonalar qurilib, aholi foydalanishi uchun topshirildi.

Ha, yangilanish va o‘zgarishlar bu bilan kifoyalanmadi, ko‘p qavatli uylar oldida 200 dona tungi yoritgichlar o‘rnatildi. 560 ta framugalar, 120 ta temir eshiklar yangidan qo‘yildi. Uylar atrofidagi 100 dan ortiq noqonuniy qurilmalar buzib olinib, atroflari obodonlashtirildi. Ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarda 80 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, gullar ekildi. Amalga oshirilgan ishlardan so‘ng, atrofni kuzatgan borki, o‘zgarishlarni darrov payqaydi. Bahri dili ochilib, dildan yayraydi.
Viloyat hokimi Termiz shahri, Angor, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, taʼmirlangan, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan ana shunday ko‘p qavatli uy-joylarning foydalanishga topshirish tadbirlarida ishtirok etdi. Aytish kerakki, har bir hududda tashkil etilgan tadbirlarda bayram dasturxonlari tashkil etilib, osh tarqatildi. Nuroniy otaxon va onaxonlar yurt tinchligi, obodligi va xotirjamlikni so‘rab duoga qo‘l ochdilar.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekspert kengashi tashkil etiladi

 “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari...

Muz giganti qirg‘oqqa tegsa…

Grenlandiyadagi Inarsuit qishlog‘i qirg‘oqlari va uylarga titanik hajmdagi aysberg...

Yordami va ko‘magiga tayanamiz

Yozning jazirama issig‘idan yashirinib o‘zimizga soya-salqin boshpana izlaymiz. Shunday...

Mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llaniladimi?

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm,...
KunTun
KunTun