“Elektromotoroller — tirikchiligimga ko‘mak bo‘ladi”

Date:

To‘rt muchasi sog‘ odamlarning xalq qabullari sabab davlatdan ta’ma kutib, nimadir bo‘lishlik ilinjida murojaat qilaverishlari ham oddiy holga aylanib ulgurdi. Ammo, oramizda shunday insonlar borki, imkonsizlikdan imkon topib, harakat qilishdan to‘xtamaydi. Tayyoriga ayyor bo‘lishni o‘ziga or deb biladi. Sirojiddin Tog‘ayev 1-guruh nogironi. U tayyor nafaqani olib, uyda o‘tirishni istamadi. Avvalroq, Surxondaryo hokimi Ulug‘bek Qosimovning Denov tumanida sayyor qabul o‘tkazishini eshitib, qabulga shoshdi.
Turgan gapki, hokimdan o‘zini-o‘zi band qilish uchun amaliy yordam berilishini so‘radi. Hokim tashabbusiga ko‘ra esa Sirojiddin Tog‘ayevning murojaati zudlik bilan hal etildi. Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay o‘zini band qilishi, ro‘zg‘or tebratishi uchun unga elektromotoroller topshirildi.
— Viloyat hokimidan yordamlashishni so‘ragandim, elektromotoroller sovg‘a qildi. Hayotda doim oldinga intilish kerak. Nogiron bo‘lsam ham umidimni so‘ndirmagandim. Endi oilamga shu ulov orqali yordamim tegadi, hokimning tashabbusi tirikchiligimga katta ko‘mak bo‘ldi, — deydi S. Tog‘ayev.
Mana shunday insonlarning harakati, tutgan yo‘li atrofdagilarga o‘rnak bo‘lmog‘i lozim. Har birimiz jismoniy imkoniyatimizdan qat’iy nazar oldinga intilishimiz, jamiyatda o‘z o‘rnimizga ega bo‘lishimiz uchun tirishmog‘imiz lozim. Ana shundagina qadr topamiz, ishimizda esa unum va baraka bo‘ladi.

Hilol

Oldingi sahifaObodlik ko‘ngildan boshlandi
Keyingi sahifaYAXSHILIK

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun