Obodlik ko‘ngildan boshlandi

Date:

Bahor kelishi bilan ariq va zovurlarni tozalaymiz, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlab yuboramiz. Daraxtlar ostini yumshatamiz, tanasini oqlaymiz. Bu ishlar ko‘pning uyushqoqligi bilan amalga oshirilsa, albatta, zumda atrofimiz obod va fayzli ko‘rinish kasb etadi. Yurtimizda “Navro‘z” umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlab yuborilgan. Shu munosabat bilan mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya hashari tashkil etildi.

 “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida boshlangan umumxalq xayriya hashari erta tongdan boshlanib ketdi. Natijada viloyat bo‘yicha 724 ta mahalla, aholi punktlari, 1800 dan ortiq ko‘p qavatli turar joy hamda hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, 73 ta ziyoratgoh, 727 ta qabriston hamda 2000 ta bolalar maydonchalari tartibga keltirildi. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda esa hasharchilar 435 ta texnika vositalari va anjomlar bilan taʼminlandi. To‘plangan chiqindilarni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqib ketildi.

Yurtimizda keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ham diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi. Xayriya hashari davomida 117 dan ziyod manzarali, 65 mingdan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi deyishadi. Har bir ezgu amalimizda, ishimizda xayr-u saxovat, muruvvat ko‘rsatishni insoniylik burchimiz deb bilamiz. Ayni hashar bahonasida 308 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash ishari ham boshlab yuborildi. Mana shunday savobli ishlarga esa 213 million so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Murojaatdan daromadga 5 qadam”

Hech kim muammosi bo‘lmasa, xalq qabuliga borib, ming bir...

Qariyalar uchun robot yaratildi

Yoshing keksayib qolganda, kimgadir muxtoj bo‘lishdan yomoni yo‘q. Tinib-tinchimas...

O‘g‘il onasini o‘ldirsa…

Ona deganda dunyodagi eng ulug‘ zor, eng yaqin va...

Viloyat hokimi Denovda

Tanimizni dard qiynasa, jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj sezsak, shifo istab,...
KunTun
KunTun