Xayriya sumalak ulashildi

Date:

Sumalak — o‘zbekning milliy taomi bo‘lishi bilan birga vitaminlarga kon-u foyda. Tanga darmon, immunitetni ko‘taruvchi kuchga ega. Sumalakning aynan bahor ayyomida tayyorlanishida ham bir hislat bor.
Momolarimizning ezgu niyat ila bug‘doy o‘stirishlari, doshqozonlarda qaynatishlarining o‘zi qizg‘in va ajoyib jarayon. Sumalak qaynayotgan xonadonga uzoqdan va yaqindan kelganlarning bari jam bo‘lib, hamroh, hamsuhbat bo‘lishadi. Sumalak pishirish jarayoni katta saylga, bayramga aylanib ketadi. Ertasi kuni esa sumalakdan tatib ko‘rishlari uchun qo‘ni-qo‘shnilarga ilinamiz. Xursandchiligimizga sherik qilamiz.
Ha, sumalak pishirish xalqimizda qadriyat tusini olgani rost. Denov tumani tibbiyot birlashmasining jonkuyar jamoasi ham yaxshi niyat ila bug‘doy o‘stirdilar, dardmanlarga shifo, yurtimiz ertasi nurafshon bo‘lishligini tilab, sumalak pishirdilar.
— Mazali va betakror taomda bir qancha darmondorilar bor, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi hamshiralik ishi bo‘yicha bosh mutaxassis Zulfiya Allamuradova. — Insonga quvvat baxsh etadigan xususiyatga ega. Har bahor kelishi bilan birinchilardan bo‘lib sumalak pishiramiz. Anʼanani bu yil ham davom ettirdik.
Erta tongdan esa bemorlarga va ularning yaqinlariga xayriya sumalak ulashilib, ko‘ngil uylari obod etildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun