Quyosh panellari o‘rnatildi

Date:

Qayta tiklanadigan energiya manbalari haqidagi ma’lumotlar bugun ko‘pchilikka ayon. Ulardan foydalanish esa aholi uchun yaxshigina qulaylik yaratishi aniq. Shu sababdan ham aholini ijtimoiy himoya qilish va yordamga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Uzun tumanidagi 10 ta xonadonga tuman hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 36 million so‘mlik quyosh panellari o‘rnatildi.
Yozning issig‘i-yu, qishning izg‘irinida ham elektr energiyasidan muammo bo‘lmasligidan quvonayotgan fuqarolar mas’ullardan minnatdor.
– Mahalladagi “Temir daftarda” ro‘yxatda turaman – deydi “Yoshlik” mahallasidan Xolbibi Hayitova. – Hokimlik ko‘magi bilan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan uyimizga quyosh paneli o‘rnatib berishdi. Bu vosita uyni yoritish, ayrim maishiy texnikalarni ishlatishda juda qulay ekan. Pulimiz ham endi tejalishini o‘ylab, orttiradigan mablag‘imizni boshqa maqsadlarga yo‘naltirishni o‘ylay boshladik.
“Temir daftar”ga kiritilgan xonadonga quyosh panellarini o‘rnatish davom etmoqda.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...

Yo‘l qurilishiga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Muzrabot tumanida muhim...

LOR klinikasi ish boshladi

Muzrabot tumani markazida “Soliha Malak shifo” MChJga qarashli LOR...

Qurolli Kuchlarimizning 34 yilligi tantanavor nishonlandi

Surxondaryo viloyatida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston...
KunTun
KunTun