Murojaatlar e’tibor markazida

Date:

Murojaat o‘z vaqtida yechim topsagina, muammolar barataraf etiladi, xalq turmush tarzi, shart-sharoiti yaxshilanadi. Shu maqsadda Davlat kadastrlari palatasi xodimlari tomonidan kelib tushgan murojaat borki, o‘rganilib, ularga yechim topish maqsadida kerakli maslahatlar berib borilmoqda. Jumladan, Bandixon tumani “Bohoriston” mahallasida yashovchi fuqarolar S.Xo‘shboqov va F.Shunqorova o‘zlari yashab kelayotgan uy-joylarini kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish bo‘yicha qilgan murojaati ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, murojaat ijobiy hal qilindi.
Har bir fuqaro mulkiy hujjatga egalik qilish orqali qonuniy vakolatidan foydalanish, haq-huquqini talab qilib, foydali kelishuvga erishish imkoniga ega. Xolbuki, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 million so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 million 500 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
— Har bir fuqaro belgilangan tartibda o‘z vaqtida bino-inshootlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi zarurdir. Birgina Bandixon tumanida joriy yilning shu kuniga qadar jami 38 ta murojaat kelib tushgan, shundan 28 tasi ijobiy hal etilgan, qolgan 10 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, — deydi Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmat rahbari Behruz Safarov.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun