“25 millionim 100 million so‘m bo‘ldi!”

Date:

Kimdir birni o‘n qilsa, yana kimdir borni yo‘q qilishi ham bor gap. To‘xtalmoqchi bo‘lganimiz esa imkoniyatlardan unumli foydalanib, birini o‘n qiladiganlar haqida. Sho‘rchi tumani A. Navoiy mahallasida yashovchi Abdumalik Choriyev avtomobillarni yuvish shoxobchasi ochishni reja qildi. Ammo, yetarli mablag‘i yo‘qligi sabab rejasini amalga oshira olmayotgan bir paytda unga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 25 million so‘mlik kredit ajratildi.
Shundan so‘ng, Adumalik orzularini ro‘yobga chiqarish uchun amaliy harakatlarni boshlab yubordi. Reja qilganidek, avtomobillarni yuvish shoxobchasi ochdi. O‘zidek ishsiz, ammo ishga muxtoj bir-ikkita yigitni ishga olib, ishlay boshladi. Qisqa muddatda esa mijozlar soni ortib, ayni paytda ularning qadami uzilmaydi.
Yosh tadbirkor esa 25 million so‘mini 100 million so‘mga aylantirdi. Daromad yomon emas. Talabga qarab ish o‘rinlarini kengaytirdi. Hozirda esa 8 nafar yoshning bandligi ta’minlangan shoxobchada Abdumalik katta loyihalar ustida bosh qotirib, ishini kengaytirishni o‘ylab qo‘yibdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun