Spektakl premyerasida…

Date:

To‘maris xalq qahramoni. Bir ayol jasoratini hikoya qilguvchi qadimiy rivoyatni bolalikdanoq eshitganmiz ham. Termiz davlat universiteti talabalari To‘maris jasorati haqida nafaqat eshitishdi, balki jonli tarzda ko‘rishga ham muvaffaq bo‘lishdi. Bu imkonni esa Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida Sh.Pardayevning “To‘maris” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklning premyerasi berdi.


Ha, yoshlar ma’naviyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, millat tarixini chuqur anglash uchun ham uni o‘rganish lozim. Spektaklda massagetlar qabilasining malikasi To‘marisning sharafli hayot yo‘li hamda Turon xalqlarining axamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur ayol sarkarda aks ettirilgan.
Asardagi barcha obrazlar iste’dodli aktyorlar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan bo‘lib, yurt ozodligi uchun bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Qolaversa, sahna dekoratsiyalari, musiqiy fonlar o‘sha davr ruhiyatini berishga xizmat qilgan.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun