“Motokross” poygalariga start berildi

Date:

Qahramonlar o‘lmaydi. Ular xalq xotirasida, qalbida yashaydi. Doimo ularni eslash, yod etish esa an’anaga aylangan. Jarqo‘rg‘on tumanida istiqomad qilgan mehnat qahramoni va faxriysi Norali Boymurodov ham ana shunday qahramonlardan. Bu insonning nomini abadiylashtirish maqsadida har yili tumanning “Qizilmozor” hududida sportning “Motokross” turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi esa an’ana tusini olgan. Shu munosabat bilan respublikamizning motorkossga qiziqqan yosh-u keksa ko‘ngillilari borki, Jarqo‘rg‘onga yo‘l oladi. Poyganing zavq-u shavqidan bahramand bo‘lib, o‘zlarini sinovga qo‘yishadi.
Bu yil ham xuddi shunday bo‘ldi. Avvalo, tumanning “Nurli diyor” mahallasida joylashgan Norali Boymurodov byusti poyiga gulchambar qo‘yildi, qahramon sharafiga ezgu fikrlar aytilib, yod etildi.

Shundan so‘ng esa “Motokross” poygalariga start berildi. Aytish kerakki, 10 ming nafarga yaqin uyushgan va uyushmagan aholi, yoshlarni, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq sportchini o‘zida jam etgan musobaqa yuqori kayfiyatda boshlandi. Sportchilarimiz bilan bir qatorda Qozog‘iston va Rossiya davlatlaridan ham sportchilarning ishtirok etgani ushbu tadbirning ahamiyati va nufuzini yanada oshirishga xizmat qildi deyish mumkin.
Bepoyon kenglikda mototsiklda olg‘a yurishning gashtini faqat poygachigina his etish mumkin. O‘zgalar xavfsizligiga daxl qilmay harakatlanish, faqat olg‘a yurish va g‘oliblik sari odimlash zavqli jarayon. Ayniqsa, jarayon haqiqiy bo‘lsa, his-tuyg‘ular ham shunga hamohang ravishda bo‘ladi. Holatni kuzatish, u yoki bu poygachiga xayrixohlik qilish ham tomoshabinga bir olam taassurot beradi. Haqiqatan ham musoabaqa qizg‘in va hayajonli daqiqalarga boy bo‘ldi.

Yakunda esa O‘zbekiston chempionati va birinchiligida umumjamoa hisobida 821 ball to‘plagan Surxondaryo viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Toshkent viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni hamda Navoiy viloyati terma jamoasi sportchilarni 3-o‘rinni zabt etdilar. Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha ham ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talab va ehtiyoj qondiriladi

Dunyoda tabiiy oziq-ovqat mahsulotlariga talab va ehtiyoj ortib borayotganidan...

Endi «Halol» belgisi bilan…

O‘zbekistonda 2025-yilning 1-mayidan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti...

“Parranda boqish – daromad topish”dir

Yurtimizda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi....

Rasmiy saytlar gov.uz domeniga o‘tkaziladi

2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan...
KunTun
KunTun