Yuqori natija qayd etib…

Date:

Qaysidir sport turi bilan shug‘ullanadigan sportchini, albatta, mashg‘ulotlar toblasa, pishitsa, musobaqalar o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytiradi, motivatsiya beradi. Termiz shahrida sportning Taekwondo yo‘nalishi boʻyicha boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida ham sportchi yoshlar ana shunday ruhlanishdi.
Muhimi ishtirok deyishadi. Shu sababdan ham o‘z kuchi va imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan ishtirokchilar tayyorgarligi qay darajada ekanini, yutuq va kamchiliklarini o‘zlari uchun aniqlab oldilar. Musobaqa qiziqarli va qizg‘in bahslarga boy o‘tdi. Ayniqsa, Sariosiyo tumanidan Malika Axmatova boshchiligidagi “Olmos” klubi aʼzolarining ishtirokini alohida e’tirof etib o‘tish lozim.
Jamoada 12 ta 1-oʻrin, 9 ta 2-oʻrin va yana 9 ta 3-oʻrinlarni egallab, sportchilar Oʻzbekiston chempioni boʻlishdi. Shu bilan birga “Olmos” klubining 7 nafar ishtirokchisi mart oyida boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.


H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun