O‘qish jarayonida ham ish haqi to‘lanadi

Date:

Qiziriq tumanidagi “Shodlik” mahallasida joylashgan “Qiziriq tekstil” MChJning tikuvchilik korxonasida doimo ish qizg‘in. 185 nafar xotin-qiz bandligi taʼminlangan korxonada sifatli va hamyonbop kiyim-kechaklar tikiladi. Bu bilan nafaqat ish bilan band bo‘lganlar, tanlovidagi liboslarni xarid qilayotganlar ham mamnun.
Tikuv korxonasining navbatdagi tashabbusi esa ko‘pning ko‘nglidagi ish bo‘ldi. Tumanning 18 ta mahallasidagi 100 nafar ishsiz xotin-qizning ham rizqi ayni shu korxonaga ulandi. Ularning bari tikuvchilikdan xabari bor chevarlar emas, balki havaskorlar. Ular avvaliga “Ustoz-shogird” an’anasiga asosan o‘qitiladi. Ma’lum malaka olib, tikish-bichishga qo‘li kelishgach esa ishni boshlashadi. Ammo, shogirdlarga o‘qish jarayonida ham o‘rtacha ish haqi to‘lab boriladi. Ish o‘rganib, ish boshlaganlar esa 1,5-2 million so‘mgacha oylik ish haqlari oladi. Hali bu hammasi emas, korxonada ishchi-xodimlar uchun bepul tushlik va ishga qatnashlari uchun avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.


H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun