Viloyat hokimligi bog‘i tashkil etiladi

Date:

Daraxtlar hayot uchun zarur kislorodning asosiy manbai hisoblanadi. Bir gektar maydondagi bog‘ bir kecha-kunduzda 220-275 kilogramgacha karbonat angidrid gazini yutib, 180-215 kilogramm kislorod ajratishini hisobga olsak, bu miqdor o‘rtacha 500 kishini kun davomida kislorod bilan taʼminlash uchun yetarli. Shu maqsadda respublikamiz bo‘ylab ko‘chat ekish aksiyasi davom etayotir. O‘z navbatida xalqimizning har bir vakili ushbu savobli ishga o‘z hissasini qo‘shishga kirishgan.
Viloyatimiz markazida joylashgan “Sahovat” mahallasi hududidagi 1,3 gektar yer maydoniga viloyat hokimi tashabbusi bilan 10 mingdan ortiq mevali va manzarali ko‘chat ekish, bog‘ yaratish rejasida ham yuqoridagi ma’no mujassam. Mazkur bog‘ni tashkil etish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotgan bo‘lib, ayni damda yer maydonlarini tayyorlash va sug‘orish tizimlarini to‘g‘ri tashkil etish, ko‘chatlarni vaqtida ekish choralari ko‘rilayotir.


Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun