…tanqid qilindi

Date:

Oilada, xonadonda, ishda shaxsiy gigiyena va sanitariya qoidalariga rioya qilish o‘zimiz, oilamiz, farzandlarimiz sog‘ligi uchun muhim. Qolaversa, bu bizning orastaligimizni, madaniyatimizni belgilab beradi. Oilaviy poliklinikalardan xonadonlarning sanitariya holatini tekshirib turishlari uchun hamshira va shifokorlar mas’ul qilingan. Ular bu borada munosib bahoni berib, kerakli tushuntirish ishlarini olib borishadi. Ammo, sog‘lik, tozalik o‘zimizga kerak ekan, bu ishlarni o‘zimiz uchun qilishimiz kerak.
Termiz tuman hokimi tumandagi mahallalar, tashkilot, korxonalar, taʼlim va tibbiyot muassasalaridagi mavjud holatni o‘rganib chiqayotib, ayni holatga e’tibor qaratdi. Dastlabki o‘rganish ishlari tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazida o‘tkazildi. Tuman hokimi mazkur muassasa faoliyati bilan tanishar ekan, xonalardagi tozalikka rioya etilmaganligi, mavjud jihozlarga qarov bo‘lmaganligi sababli chang bosganligi, umuman olganda sanitariya posbonlarining antisanitariya holatida faoliyat yuritayotganliklarini qattiq tanqid qilindi.
Muassasa rahbarlarining faoliyati mutlaqo qoniqarsiz deb topilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi salomatligini taʼminlash bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash bo‘yicha aniq muddatlar bilan topshiriqlar berildi. Belgilangan topshiriqlar ijrosi o‘z vaqtida taʼminlangan taqdirda masʼullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqamlar aniq, ma’lumot to‘liq bo‘ladi

Hech bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aniq statistik ma’lumotlarsiz tasavvur...

“QVZda bo‘sh kelmadik”

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining QVZ “Onlayn” jamoasi uchun...

Istihola qilinmaydi, qat’iy talab qo‘yiladi

Har bir yilning o‘z hisobi va tahlili bor. Prezidentimiz...

Mahalla rivojlansa, jamiyat yuksaladi

Bugungi globallashuv va keskin raqobat muhitida O‘zbekiston iqtisodiy, texnologik...
KunTun
KunTun