Surxondaryoda Agro Transformatsiya loyihasiga start berildi

Date:

O‘smirlik pillapoyasidan ko‘tarildikmi, biror ishning boshini tutish haqida o‘ylay boshlaymiz. Birinchi navbatda o‘zimizdagi imkoniyatlarni, iqtidor va layoqatimizni hisobga olamiz. Qishloq xo‘jaligi sohasida qandaydir g‘oyamiz bo‘lsa, uni amalga oshirish, kerakli yo‘l-yo‘riqni ko‘rsatadigan tajribali mutaxassislarning maslahat va tavsiyasiga ehtiyoj sezamiz. Albatta, bunday turtki kelgusi ishimizning rivoji uchun xizmat qilishi aniq.
Respublikamiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Agrotransformatsiya” loyihasi doirasida esa ana shunday kerakli maslahat va tavsiyalarni olish mumkin bo‘lmoqda. Surxondaryoda ham ushbu loyihaning ish boshlagani yosh fermerlarni quvontirmay qolmadi. Loyihaning birinchi kunida viloyatning Denov, Oltinsoy, Uzun hamda Sariosiyo tumanlaridagi 150 nafardan ortiq yosh fermer ishtirok etdi.
Ishtirokchilar loyiha doirasida tashkil etilgan seminar-treninglarda soha mutaxassislari tomonidan yer olish tartibi, biznes reja tuzish, agrobiznesda strategik menejment hamda zamonaviy dehqonchilikda marketing va brending mavzularida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun