Tuman hokimi “tank”li bo‘ldi…

Date:

Harbiy xizmatni o‘tash er yigitlar uchun orzu va hayotlaridagi eng katta maqsadlardan biridir. Ayniqsa, harbiy xizmatni sharaf ila o‘tayotganlar, harbiylik hayoti va muhitini ko‘rish, kuzatish esa har bir yoshning yuragida vatanga bo‘lgan eng oliy xizmatni o‘tashga muhabbat olovini yanada alangalatishi aniq. Shu maqsadda harbiy qismlardagi mavjud texnikalarni ta’mirlash ustaxonalari sharoitidan foydalanib, harbiy qism hududida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish eng yaxshi qaror bo‘lsa kerak.
Jarqo‘rg‘on tuman hokimi E.Avazov hududlarga tashrifi davomida Kakaydi garnizonida joylashgan 49976-sonli harbiy qismida bo‘lib, shart-sharoitlar bilan tanishar ekan ana shunday rejani ro‘yobga chiqarish uchun mas’ullar bilan kelishib oldi.
Tashrif davomida harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulot xonalari bilan ham tanishib chiqdi. Tuman hokimiga qism komandiri tomonidan esdalik sovg‘a sifatida tank sovg‘a qilindi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun