Tabiiy gaz ta’minoti yanada yaxshilanadi

Date:

Aholini yuz foiz gaz ta’minoti bilan ta’minlash eng ustuvor masalalardan biridir. Shu maqsadda esa tabiatning har qanday injiqliklariga tayyor turish, ob-havo noqulayliklariga qaramay iste’molchilarga “zangori yoqilg‘i”ni yetkazib berish gaz ta’minoti sohasi vakillarining asosiy vazifasi sanaladi.
Ayniqsa, Prezidentimizning 2021-yilning 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari bu borada dasturil amal bo‘lib xizmat qilmoqda. Natijada “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi va Termiz shahri iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida Angor tumani “Bahor” mahallasi hududida joylashgan “Qoraqir” AGRSdan kesimi d-219 mm bo‘lgan jami 38,9 kilometr masofadan yuqori bosimli gaz tarmog‘ini tortib kelish bo‘yicha qurilish ishlari jaddalik bilan olib borilmoqda. Buning uchun maxsus texnikalar ham jalb qilingan.
Barcha ishlar tugallangach, “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi va Termiz shahri iste’molchilari tabiiy gaz bilan to‘liq ta’minlanadi. Ayni paytga qadar esa ushbu obyektda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining mashina-mexanizm hamda qurilish montaj boshqarmasi ishchi xodimlari kuchi bilan L-32 kilometrdan ziyod quvurlarning qurilishi amalga oshirildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh iqtidorlar saralandi

Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa...

Qumqo‘rg‘onda yangi dehqon bozori

Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon” mahallasida avvalgi “Oqsoy buyum bozori”...

Fidoyi mehnat e’tirofi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat va...

Bandlik ustuvor yo‘nalishda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, hududda...
KunTun
KunTun