YOShLAR INNOVATSION IShLAB CHIQARISH ZONASIDA…

Date:

Imkon berilgan joyda yoshlarning ishbilarmonlik muhitini shakllantirganini, birini ikki qilib, o‘zi va o‘zgalarga naf keltirayotganini ko‘rish, kuzatish mumkin. Amalga oshirilayotgan ana shunday loyihalar, albatta, aholi uchun arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga zamin yaratmoqda. Oltinsoy tuman hokimi B. Maxmatraimov “Ipoq” mahallasi hududidagi “Yoshlar innovatsion ishlab chiqarish zonasi”ga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Innovatsiya vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan bioparchalanuvchan gidrogellar, oltingugurt asosida avtomobil yo‘llari uchun yo‘l bo‘yoqlari, bazalt minerali asosida mexanik mustahkam kompauntlarini ishlab chiqarish va mahalliy xomashyodan junni qayta ishlash innovatsion loyihalarini yo‘lga qo‘yish orqali yoshlar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish bilan birga ish o‘rinlari ham yaratgan.
Hokim jarayon bilan bevosita tanishib, ushbu zonada ajratilgan yer maydonidagi kommunikasiya, kelgusidagi loyihalar uchun infrastukturadagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish haqida topshiriqlar berdi. Bu yerda ishlab chiqariladigan innovatsion mahsulotlar ichki bozorni to‘liq ta’minlash bilan birga, tashqi bozorda ham o‘z o‘rnini topishi uchun harakatni boshlamoq lozim. Birgina gidrogel mahsulotini vohamizning suv tanqis bo‘lgan yerlarida qo‘llash yaxshi natija beradi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun