Muzrabot tumanidan start oldi

Date:

Surxondaryo viloyatidan “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlarining bahorgi mavsumi bo‘yicha aniq rejalar belgilangan. Ayni kunlar esa ko‘chat ekish uchun qulay fursat. Shu sababdan ham loyiha doirasiga bahorgi ko‘chat ekish ishlari Muzrabot tumanidan start oldi.
Aytish kerakki, davlatimiz rahbari tomonidan “Yashil makon” aksiyasi doirasida joriy yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yilgan. Bu ko‘rsatkichning 550 mingga yaqini esa Muzrabot tumaniga to‘g‘ri keladi. Rejani puxta olgan muzrabotliklar yaxshi niyat va duolar ila hudud iqlim sharoitiga mos va xos, chidamli bo‘lgan mevali va manzarali ko‘chatlarni ekishayotir.
Tumanni yashil makon – ekologik toza hududga aylantirishda tashabbuskorlikni qo‘lga olganlar tumanning “Yangi diyor” mahallasi va boshqa hududlarida 20 mingdan ortiq ko‘chat ekishga ulgurishdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun