Gulchilik orqasidan 650-700 million so‘m daromad…

Date:

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish fermer-u dehqonga yaxshigina foyda keltiradi. Faqat mehnat-u mashaqqatidan qo‘rqmasa bo‘lgani. Yilning to‘rt faslida ham shahrimiz ko‘chalarini bezab, bahor kayfiyatini ulashib turgan kamalak rangda tovlanuvchi gullar ham ayni yerga do‘st tutunib, tuproq bilan tillashadigan insonlarning mehnati mahsuli deyish mumkin. Ha, gulchilik ham qisqa fursatda egasiga mo‘may daromad keltirishi bilan ommalashib ulgurdi. Ayniqsa, doimiy ravishda bo‘lgan talab ham gulchilikka havas uyg‘otishi aniq.

Termiz tumani “Qahramon” mahallasida istiqomat qiluvchi Boboyor Xolboyev ham gulchilikda katta tajribaga ega. U o‘zining shaxsiy tomorqasida 32 sotixli issiqxona tashkil etib, pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri bilan birga gul ko‘chatlari yetishtirish bilan shug‘ullanib keladi. Daromad esa chakki emas. Yiliga 650-700 million so‘m daromad topayotgan tadbirkor ishidan bir olam zavq oladi. Qolaversa, daromad ham ishga ishtiyoqini oshirib, o‘ziga xos motivatsiya bo‘lib xizmat qilyapti. Gulchilikni kengaytirib, 10 kishining yordamiga tayanayotgani esa shuncha kishining doimiy bandligini ta’minladi degani.
Albatta, Boboyor Xolboyevning tajribasini ommalashtirish yaxshi natija beradi. Qanchadan-qancha oilalar o‘z byudjetiga foyda keltirishi mumkin. Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrifi davomida tadbirkor Boboyor Xolboyevning xonadonida bo‘lib, issiqxonalari, undagi ko‘chatchilik faoliyati bilan yaqindan tanishib, tadbirkor tajribasini ommalashtirish, bu orqali yangidan-yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.
S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun