Bahor mavsumida 10 milliondan ortiq daraxt ko‘chatlari ekiladi

Date:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi bugungi kunda xalqaro tashabbusga aylandi. Loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan. Surxondaryo viloyatida ham mazkur umummilliy loyiha doirasida kuz va bahor mavsumlari uchun daraxt va buta ko‘chatlari ekish bo‘yicha rejalar belgilab olingan. Birgina o‘tgan 2022-yil kuz mavsumining o‘zida viloyatda 6,5 milliondan ortiq ko‘chat ekilgan bo‘lsa, bu yilgi bahor mavsumida 10 million tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekish, parvarishlash, yashil hududlarni kengaytirish maqsad qilingan.
Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Termiz tumanida ushbu tadbirlar oldidan daraxt ko‘chatlari ekish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Unda mutaxassislar viloyatimizga yangidan keltirilayotgan 7 turdagi daraxt ko‘chatlari, ularni ekish va parvarishlash tartiblari haqida tushuntirishlar berishdi. Shuningdek, sho‘r bosgan yer maydonlarida ko‘chatlarni ekish, ko‘chat handaqlariga nihollarning nobud bo‘lishini oldini olish uchun tosh, qum va boshqa mahsulotlar tashlab ekish tartiblari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Viloyatimizga keltiriladigan ko‘chatlar mutasaddilar ishtirokida belgilangan tartiblarda o‘tqaziladi. Shunday ekan, “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahor mavsumini uyushqoqlik bilan boshlashimiz, keltirilayotgan daraxt ko‘chatlarining bir donasini ham nes-nobud qilmasdan, kelgusida parvarishini yo‘lga qo‘yib olishimiz darkor. Har bir ko‘chat uchun mas’ul biriktiriladi va kelgusi taqdiri uchun hisob so‘ralishi har bir mas’ulning ushbu loyihaga, qolaversa, har bir ko‘chatga nisbatan daxldorligi va mas’uliyatini oshiradi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun