Uchqizilda 38 gektar maydonda tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Date:

Termiz tumanidagi “Uchqizil” mahallasi cho‘l zonasi bilan tutash hududda joylashgani sabab shu paytga qadar aholi tarqoq holatda istiqomad qilardi. Keyingi yillarda ushbu hududlardagi yer maydonlari bo‘lib berilishi natijasida yangi aholi yashash punktlari tashkil etildi. O‘z navbatida aholi sonining ortishi ko‘plab xizmat turlariga ehtiyoj tug‘diradi. Shu sababdan ham talabga yarasha umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari tashkil etilmoqda.
Bu yo‘lda davlat rahbarining tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat mulklari hamda yer maydonlarini auksion savdolari orqali sotish bo‘yicha belgilab bergan topshiriqlari dasturil amal bo‘lib xizmat qilmoqda. Hududdagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 38 gektardan ortiq maydon 827 ta lotga ajratilib, “E-Auksion” platformasiga savdoga chiqarilgan.
Surxondaryo viloyat hokimi Termiz tumanida bo‘lib, ushbu maydon va unda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalarni mas’ullar bilan ko‘rib chiqdi. Mutasaddilarga hududni tashqi kommunikasiya va infratuzilma bilan ta’minlash, tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolarga ko‘maklashish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun