Isitishda autsorsing tizimi joriy etiladi

Date:

Denov tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Quyosh elektr panellari”ni ijtimoiy soha, tadbirkorlik obyektlari va aholi xonadonlariga o‘rnatishni keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar tomonidan yashil energiya ishlab chiqaruvchi panellar va suv isitish moslamalarining afzalliklari, ularni o‘rnatish tartiblari hamda foydalanishdagi qulayliklar to‘g‘risida taqdimotlar qilindi. Viloyat rahbari eng arzon, sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlovchi panellardan foydalanish lozimligiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, mutaxassislarning taklif va tavsiyalari tinglandi.
Shu yerning o‘zida shahar va tumanlar hokimlari, har bir hududdan taklif etilgan salohiyatli tadbirkorlar ishtirokida ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalarini isitish, elektr energiyasi bilan ta’minlashga autsorsing tizimini joriy etish masalalari ham muhokama qilindi. Tadbirkorlar ijtimoiy soha obyektlarini yashil energiyadan foydalangan holda isitish bo‘yicha o‘zlarining takliflarini bildirishdi.
Keyingi yil kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obyektlarini isitish, energiya resurslari bilan ta’minlashga autsorsing tizimi joriy etilishi ta’kidlandi. Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilari shu hududdagi xonadonlarning biriga subsidiya asosida o‘rnatilgan “quyosh elektr panellari”ni joyiga borgan holda ko‘rishdi. Xonadon egasidan “quyosh elektr panellari”ning qulayliklari va afzalliklari haqida suhbatlashildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Face-ID qo‘llaniladi

Pensiyani naqd shaklda oluvchilar endilikda biometrik identifikatsiya (Face-ID)dan o‘tib,...

Terim qizg‘in pallada

Surxondaryo dalalarida hozir paxta yig‘im-terimi ishlari qizg‘in davom etmoqda....

Chempion tantanali kutib olindi

Hindistonda “Penchak silat” sport turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib...

Yangi MTT oʻz faoliyatini boshladi

Sariosiyo tumanida bolalar ta’lim-tarbiyasi uchun yana bir qulay maskan...
KunTun
KunTun