276 nafar xo‘jalik sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlandi

Date:

Yilning qay faslida chiroq o‘chsa, o‘chsinki, qishda o‘chmasin. Elektr pechlarda uyini issiq tutib turgan yosh bolali va keksasi bor oilalarga bunday holat qiyinchilik tug‘dirishi aniq. 5 daqiqaga qolmay xonalar sovib qolishi hech gap emas.
Boysun tumanidagi “Sho‘rsoy” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Toba ko‘chasida istiqomat qilguvchi aholi qishni tez-tez chiroq o‘chishlar bilan o‘tkazdi desa ham bo‘ladi. Ayniqsa, anomal sovuqda bu o‘chishlar sezilarli darajada ta’sir qildi. Soha xodimlari nosozlikni o‘z vatida bartaraf etishdi, ammo…
Mahalla hududidagi 207-sonli 250–KVA quvvatga ega transformator anchayin eski va 276 nafar xo‘jalikka xizmat qilishga quvvati yetmadi. Qolaversa, uzoq yillar mobaynida yaroqsiz holga kelib qolgan ushbu transformator aholini ko‘plab murojaatlari va e’tirozlariga sabab bo‘lib kelayotgan edi.
Ushbu nosozlikning oldini olish va elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish maqsadida tuman hokimining tashabbusi bilan yaroqsiz holga kelib qolgan simlar 2500 metr SIP kabellariga almashtirildi. Eski simyog‘ochlar o‘rniga temirbeton simyog‘ochlar o‘rnatilib, foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan transformator yangisiga — 400-KVA quvvatga ega transformatorga almashtirib berildi. Natijada aholi sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlandi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun