Qizilqoya massividagi issiqxonalar to‘liq ishga tushiriladi

Date:

Shoir aytganidek, surxon zaminiga cho‘p qadasangiz, undan barg nishlari unib chiqib, daraxtga aylanadi. Haqiqatan tuprog‘imiz oltin-u zarga teng, yilning to‘rt faslida ham urug‘ qadab, mo‘l hosil olish mumkin. Shu sababdan ham qishin-yozin dasturxonimizga foydali va vitaminlarga boy meva va sabzavotlarni qo‘yishni kanda qilmaymiz. Ayniqsa, issiqxonachilikning yildan-yilga rivoj topib, ommalashib borayotgani bozorlarimizdagi narx-navoni mo‘tadil saqlashga, talabni qodirishga xizmat qilayotir. Afsuski, Qumqo‘rg‘on tumanidagi Qizilqoya massivida joylashgan “Bo‘ston” mahallasida issiqxonalar tashkil etish uchun tadbirkorlarga yer maydonlari ajratilgan bo‘lsa-da, ayrim tadbirkorlar tomonidan qurilgan issiqxonalar foydalanilmasdan, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.
Xolbuki, viloyat hokimining tumanga joriy yilning yanvar oyida tashrifi davomida mutasaddilarga issiqxona egalari bilan uchrashib, undan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan topshiriqqa asosan qator ishlar amalga oshirilgan, biroq issiqxonalardan foydalanish to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan. Bir muddat o‘tib, Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurgan viloyat rahbari ana shu issiqxonalar egalari bo‘lgan 16 nafar tadbirkor bilan uchrashuvdi.
Ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanmay, ish o‘rinlari yaratmasdan kelayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati tanqid ostiga olindi. Tuman hokimi va issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yer maydonlarini olgan tadbirkorlarga muddat belgilanib, shu muddatga qadar issiqxonalarni to‘liq ishga tushirish topshirig‘i berildi. Bordi-yu, tadbirkorlar o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarab, ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanmasa, ularga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora-tadbirlar amalga oshirilishi aytib o‘tildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rejasi barbod boʻldi

​DXX, Chegara qoʻshinlari va Bojxona qoʻmitasi hamkorligida Surxondaryoda yirik...

“Ibratli oila” — jamiyat faxri

Uzun tumanida “15-may — Xalqaro oila kuni” munosabati bilan...

Oltinsoylik yoshlar bo‘sh kelmadi

Termiz shahrida 2026-yilgi “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining viloyat...

Karina Himanshiga qarshi…

Toshkent shahri mezbonlik qilgan o‘smir qizlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha...
KunTun
KunTun