Suv sporti maktabi taʼmirlanadi

Date:

Sportda erishayotgan yutuqlarimiz maqtashga arzigulik. Yoshlarimizning iqtidori, jismoniy imkoniyatlari to‘g‘ri yo‘naltirilgani muvaffaqiyat garovi bo‘lib xizmat qilayotir. Albatta, muvaffaqiyatga o‘z-o‘zidan erishilmaydi. Bu tinimsiz mehnat, harakat va izlanish talab etadi. Albatta, sportchi o‘z yo‘nalishida barcha shart-sharoit va imkoniyatlarga ega sport maydonlari, maktablarida tayyorlanishi shart va lozim.
Ko‘plab sportchilarni yetishtirishga xizmat qiladigan Surxondaryo viloyat Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi binosi esa taʼmirtalab. Mavjud trenajor zalida ham yetarli sharoitlar mavjud emas, afsuski basseynlar talabga javob bermaydi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi obyektlarni o‘rganish davomida yo‘li ulangan manzil Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi bo‘ldi. Viloyat rahbari bino holatini ko‘zdan kechirdi, murabbiylar bilan suhbatlashdi. Trenajor zalida yoshlarni shug‘ullantirib kelayotgan murabbiy sharoit yaratib berilsa, bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishini aytdi. Sport to‘garagi faoliyatini rivojlantirib, zaldagi mavjud tosh va shtangalarni o‘zi yasashini maʼlum qildi.
Albatta, har bir soha yoki ishda e’tibor kerak. Fidoyi insonlarning borligi esa tizim rivoji uchun xizmat qiladi. Ushbu sport maktabida faoliyat yuritayotgan murabbiylarning yuragida shashti baland. Ular tayyorlaydigan yoshlar o‘z yo‘nalishida katta yutuqlarga erishishi aniq (o‘tgan davr esa buni isbotlagan). Ularga sharoit yaratilib, imkon berilsa, natijani kuzatish qoladi xolos. Shu sababdan ham Termiz shahar hokimiga sport maktabi binosini taʼmirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, sport to‘garaklari faoliyatini rivojlantirish va zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun