“Manguzar” mahallasida avtoshohbekat quriladi

Date:

Termiz shahrida yashaydiganlar yaxshi biladi, shahrimiz kundan-kunga chiroy ochib, obodonlashtirish ishlari qizg‘in tus olgan. Ko‘chalar toza va ozoda, yo‘l chetida ekilgan ko‘chatlarga esa mas’ul soha xizmatchilari kunda, kun ora suv qo‘yib, yumshatish ishlarini olib borishmoqda. Albatta, Termiz shahriga M41 magistral yo‘lidan kirib keluvchilar borki, mana shunday manzarani ko‘rib, kuzatib dili yayraydi. Ko‘ngliga bahor kirgandek quvonadi. Ammo, shaharga kirib keluvchi transport vositalarining qo‘nim topishi, to‘xtashi uchun muqim joyning yo‘qligi kamchiligimiz edi. Ushbu masala ham munosib yechim topgani ko‘pchilikka manzur bo‘lishi aniq.
Shu maqsadda Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida jamoat transportini rivojlantirish va M41 magistral yo‘li orqali kirib keluvchi transportlar uchun shahar tashqarisidagi hududdan avtoshohbekat tashkil etish loyihalari bilan tanishdi.
Avtoshohbekat tashkil etish uchun Termiz shahri “Manguzar” mahallasi hududidagi maydon tanlab olinib, ushbu hududda loyihani amalga oshirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Shundan so‘ng, Termiz shahri va tumanlar markazlarida jamoat tarnsportini rivojlantirish, tumanlalaro yo‘nalishlarda avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish, yo‘nalishlarga zamonaviy avtobuslarni olib kelish masalasi muhokama qilindi. Shahar hududidagi bekatlar sonini ko‘paytirish, mavjud “Aqlli” bekatlarni yo‘lovchilar uchun ochish, zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar belgilab berildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun