Qumqo‘rg‘onda “Hunarmandchilik” markazi tashkil etiladi

Date:

Hunarli kishi xor bo‘lmaydi. Bunga kuzatishlarimiz davomida amin bo‘lib kelmoqdamiz. Qo‘lidan ish keladigan, yo‘qni yo‘ndirib, go‘zallik, san’at asarlari yaratadigan, o‘zi va o‘zgalarga foyda keltiradiganlar xizmati doimo qadr topib keladi. Ana shunday hunarmandlar jam bo‘lsa bormi, ularning mehnatidan, yaratganlaridan el-u xalq bahramand bo‘ladi. Qumqo‘rg‘on tumanida “Begoyim nafosat gullari” xususiy korxonasiga 10 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari ajratish hisobiga ishsiz xotin-qiz bandligi taʼminlanadi. Buning uchun loyiha ishga tushsa bo‘lgani.
“Zamonaviy hunarmandchilik kompleksi”da hunarmandchilikning 7 ta — tikuvchilik, haykaltaroshlik, yumshoq o‘yinchoqlar yasash, izalondan va qolipli gullar yasash, qandolatchilik va zardo‘zlik yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa 4 bosqichda 1 000 ta ish o‘rni yaratiladi degani.
Band etilajak ish o‘rinlariga malakali hunarmandlar emas, balki hunarmandchilikka ishtiyoqi baland, ishsiz va ishga muhtoj xotin-qizlar “Ustoz-shogird” anʼanalari asosida hunarmandchilikka o‘rgatiladi. Shu tariqa ishsiz ayollar bandligi taʼminlanib, arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilishi, hunarmandchilik turizmi rivojlantirilishi reja qilingan.
Ushbu hunarmandchilik kompleksi uchun Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Baraka” savdo majmuasining yerto‘lasidan ikki yillik ijara to‘lovisiz joy ajratib berilgan. Viloyat rahbari ushbu loyiha bilan tanishib, uni takomillashtirish, xaridorgir hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun