400 kishi band…

Date:

Xalq qabullariga kelib, ish bilan ta’minlashlarini so‘rab kelguvchilarning ko‘plab topiladi. Ba’zida murojaatlarning yechimi bilan qiziqib, murojaatchilar bilan aloqaga chiqqanimizda taklif etilgan ish manzur bo‘lmagani sabab rad etganini, hali-hamon ishsiz ekanini aytib, norozichilik bildirishadi. Xolbuki, hech qanday ma’lumotga ega emas fuqarolarga maoshi ularni qoniqtiradigan ishni topib berish oson emas. Aslida ishlayman degan bahona qidirmaydi.
Haqiqatda ishga muhtojligi borlar esa boriga qanoat qilib, o‘zini mehnatga uradi. Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida yashovchi ish bilan bandligi taʼminlanmagan 400 nafar fuqaroning ish bilan ta’minlashi masalasi yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriqni bergan edi.
Denov tumanida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari esa ko‘plab mehnatkashlarni talab etadi. Mana shunday ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish uchun 400 nafar ishsiz ishga qabul qilindi. Belni mahkam bog‘lab, joylarda o‘z ishlarini boshlab yuborishgan. Muhimi ular doimiy ish o‘rni va har oy keladigan oylik-maoshiga ega bo‘lishganidan mamnun.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun