Aksiyadan ko‘zlangan maqsad o‘zini oqladi

Date:

Mutolaaga do‘st tutinsangiz, yolg‘izlik sizni tark etadi. Dunyoyingizda ajib o‘zgarishlar seza boshlaysiz. Qarashlaringiz, fikrlaringiz o‘zgaradi. Yana va yana o‘qishga tutinasiz. Eng muhimi, nimani o‘qish kerag-u, nimani yo‘q — buni ham anglaysiz. Ilm-u ziyo, ma’rifat nuri ila ko‘ngil olamingizni nurafshon etasiz. Shunday ekan, faqat va faqat o‘qish, o‘qish va uqish lozim. Yaqinlarimizga, do‘st-u birodarlaringizga qilgan eng katta yaxshiligingiz ham mutolaaga chorlashdir. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi ham shu ma’noda yaxshi bir tashabbusga qo‘l urgan.
“Ma’rifat ulashib” aksiyasi doirasida o‘quv muassasalariga tashrif buyurgan ma’rifatchilar qimmatli va o‘qishli kitoblar jamlanmasi ila ma’rifat ulashyapti. Bu galgi manzil esa Denov tumanidagi “Oilaviy bolalar uyi” bo‘ldi. Oilaviy bolalar uyining tarbiyalanuvchilariga 100 donadan o‘zbek va jahon adabiyotining nodir durdonalari topshirildi. O‘ziga xos sovg‘adan mamnun bolalarning quvonchi, xursandchiligi, ularning yuz-ko‘zlarida aks etgan. O‘z minnatdorchiligini bildirgan yoshlar kitoblarni varaqlashga, mutolaaga tushib ketdilar. Demak, aksiyadan ko‘zlangan maqsad o‘zini oqlabdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun