Afg‘on yoshlari uchun bilimlar markazi foydalanishga topshirildi

Date:

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazida qiymati 1 million yevro bo‘lgan “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan zamonaviy bilimlar markazi foydalanishga topshirildi. Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida amalga oshirilishi reja qilingan ushbu loyiha afg‘on yoshlarining vaqtini mazmunli o‘tkazib, taʼlim olishga imkon beradi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda loyiha doirasida amalga oshirilajak ishlar tahlil etilib, vazifalar belgilab olindi.

Besh yildirki, afg‘onistonlik 328 nafar yigit-qizni qo‘shni mamlakat uchun malakali mutaxassis kadr etib, tayyorlab berayotgan markazda bakalavr va magistratura yo‘nalishlaridan tashqari viloyatimizda yashayotgan afg‘onistonlik fuqarolar uchun informatika va axborot texnologiyalari, tikuvchilik, turizm, agrobiznes va marketing kabi yo‘nalishlarda bir yillik va uch oylik qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qish imkoniyati ham bor.
Amaliyotga joriy etilajak loyiha doirasida esa taʼlim markazi bir yillik o‘quv kurslarda yuz va uch oylik qisqa muddatli kurslarda yana yuz tinglovchiga kasb o‘rgatishi belgilangan. Hozirgacha ularning 90 nafari qisqa muddatli kursni tugatib, viloyatimizda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga ham ulgurgan. Kasb-hunar o‘rganish uchun esa barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Tashkilotchilar 164 ming 500 AQSh dollari yo‘naltirib, bilimlar markazi uchun ajratilgan xonalarni zamonaviy kompyuter uskunalari, mebel, keng ekranli monitorlar bilan jihozladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik o‘g‘lonlar!

Yurtimiz sharafini yuksakka ko‘tarib, o‘zlarining yutuqlari bilan o‘rnak bo‘lib...

Yirik investitsiya loyihalari bilan tanishildi

Loyihalar, g‘oyalar har doim qimmtli va muhim ahamiyatga ega....

Prokuraturada yangi bo‘linma tashkil etiladi

Har soha va tizimni rivojlantirish uchun yangi qadamlar tashlanadi....

Migrantlarning farzandlari ta’limi uchun to‘lov joriy etiladi

Rossiya Davlat dumasi mehnat migrantlarining farzandlari o‘qishi uchun to‘lov...
KunTun
KunTun