Sherobodliklarning anorchilikdagi boy tajribasi o‘rganildi

Date:

Qaysi nuqtaga nima ekish va bu orqali hosildorlikka erishish uchun avvalo hududni, tuproq unumdorligi, suv bilan ta’minlanganlik darajasini, ob-havo, iqlim sharoitini o‘rganamiz. Shu orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlari, bog‘dorchilikda ixtisoslashuv amalga oshrilsa, yuqori natijadorlikka erishish aniq. Ana shunday jihatlar inobatga olinib, Muzrabot tumani sholikorlikka, Oltinsoy uzumchilikka ixtisoslashsa, albatta, Sherobod deyishimiz bilan anorchilik sohasi yodimizga tushadi. Sababi, sherobodliklar anorchilikning hadisini olishgan va sohada yaxshigina tajribaga ham ega hisoblanishadi. Qolaversa, tumanning iqlim sharoiti ham, tuproq unumdorligi ham anorchilik uchun xos va mos.
Sherobod anorlari nafaqat mamlakatimizda, balki qo‘shni respublikalarda ham mashhur. Davlat rahbarining 2021 yil 1-2 iyun kunlari viloyatga tashrifi davomida Sherobod tumanida ham bo‘lib, anorchilikni rivojlantirish bo‘yicha qator topshiriqlarni belgilab bergan edi. Ushbu topshiriqlarga asosan hozirda Sherobod tumanida anorchilik yo‘nalishida ham ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda.
Viloyat rahbari Sherobod tumaniga tashrifi davomida “Nurtepa” mahallasida uzoq yillardan buyon anorchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Toji Rasulov xonadonida bo‘lib, bu yilgi hosil g‘amlangan omborxonani ko‘zdan kechirdi. Viloyat hokimi mirishkor dehqon bilan suhbat qilib, anorchilikning sir-asrorlari bilan qiziqdi. Toji Rasulov o‘zining anor bog‘laridan yig‘ishtirilgan hosilni, kattagina hajmli omborxonasida saqlashni yo‘lga qo‘ygan. Omborxonada saqlangan anorlar har yil fevral oyidan boshlab mahalliy bozorlarda va qo‘shni davlatlarga sotiladi.
“Sherobod Agro Impeks” MCHJ tomonidan tashkil etilgan umumiy qiymati 54,5 milliard so‘m bo‘lgan ushbu korxona tomonidan yiliga 500 ming dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Korxona yiliga 5 ming tonna anor sharbati ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shuningdek, korxonaning gidroponika usulida mahsulot yetishtiruvchi issiqxonalar kompleksi mavjud. 21 gektar maydonda Janubiy Koreya texnologiyasi asosida bunyod etilgan issiqxonaning umumiy qiymati esa 114 milliard so‘mga teng. 1 gektar maydonda yiliga 100 tonna pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, baqlajon va poliz ekinlari yetishtirilmoqda. Ushbu issiqxona kompleksida 200 ta ish o‘rni yaratilgan.
Viloyat hokimi korxona faoliyati bilan tanishib, yo‘lga qo‘yilgan loyihalarni va ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish, eksport hajmini oshirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomoshadan zavq olib…

Bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va...

Talablar belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 «Shahar ko‘cha-yo‘llari. Piyoda mintaqalari...

Ochiq eshiklar kunida…

Albatta, bolajonlardan kelajakda kim bo‘lishlarini so‘rasangiz, kimdir harbiy, kimdir...

Munosiblar tavsiya etiladi

Imtiyoz so‘zi quloqqa xush yoqadi. Har birimiz qanday bo‘lmasin,...
KunTun
KunTun