Noqonuniy qurilishlarga barham berilmoqda

Date:

Faoliyatga qonuniy tus berilsagina unga hech kim daxl qila olmaydi. Afsuski, foyda ko‘rish maqsadida ma’lum bir faoliyatni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarimiz tomonidan ba’zi xato va kamchiliklar ham kuzatiladi. Balki qayerga murojaat qilishni, qonunni va huquqlarini yaxshi bilmaslik bunga sabab bo‘lar. Nima bo‘lganda ham tadbirkorlik istagida bo‘lganlar o‘z xonadonida oshxona yoki ovqatlanish shaxobchasi ochib oladi-da, atrofni noqonuniy to‘siqlar bilan o‘rab oladi. Belgilanmagan joylarga savdo do‘konlari ochib olish holatlari ham uchraydi. Ba’zan piyodalar yo‘laklarini to‘sib qo‘yuvchi vositalar o‘rnatib, o‘z ishlarini olib borishadi. Aslida esa bu mumkin emas. Ana shunday holatlar o‘rganish ishlari olib borishni, yaratilgan muammolarni bartaraf etishni talab qiladi. Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov boshchiligidagi mas‘ullardan tashkil topgan ishchi guruh a‘zolari joylarga chiqib, o‘rganish ishlarini olib borishdi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan savdo do‘konlari hamda noqonuniy o‘rnatilgan savdo shahobchalari tartibga keltirilib, aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida piyodalar yo‘laklari tartibga solinmoqda. Qolaversa, tuman hokimi aholi vakillari bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini ham eshitdi. Ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlari atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borish, binolarning tashqi tomonini bo‘yash, bolalar maydonchasini qurish, noqonuniy qurilgan bino va inshootlarni buzish bo‘yicha mas‘ullarga topshiriq berdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun