Firibgarlar aniqlandi

Date:

Tashabbuskor va ishbilarmon insonlarga yurtimizda yetarlicha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Faqat halol raqobat ila vijdonan o‘z ishiga yondashganlargina o‘ylaganlarini ro‘yobga chiqarayotir. Afsuski, oramizda imtiyoz va imkoniyatlarni niqob qiladigan, o‘z manfaati yo‘lida foydalanib, o‘zlarining jirkanch rejalarini amalga oshiradiganlar ham topiladi. Fuqarolar A.A va Sh.A o‘zaro til biriktirib, 2022-yilda Jarqo‘rg‘on tumanida nodavlat universitet tashkil etishadi va o‘qish istagini bildirgan 18 nafar fuqaroning jami 152,9 million so‘mini qo‘lga kiritishadi va bu mablag‘larni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishadi. To‘lovni amalga oshirgan yoshlar qancha kutishmasin, nodavlat universitetda na o‘quv yili boshlanadi va na qo‘ng‘iroq qilib o‘qishga chaqirishadi.
Bu holat yetmagandek, firibgarlikni niqob qilib olgan denovlik fuqaro X.M. qo‘shni Tojikiston Respublikasida tahsil olayotgan 21 nafar talabaning o‘qishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlariga ko‘chirib berish evaziga jami 15 300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Unutmang, oliy ma’lumotga ega bo‘lish uchun faqat va faqat o‘qib o‘rganish, bilim olish lozim. Bundan boshqacha yo‘llar esa shubhasizki, insonni botqoqlikka boshlaydi. Kimlarningdir nafsi yo‘lida ishlatgan mablag‘laringizni o‘qib o‘rganishga sarflaganingizda edi, attang deb qolishga hojat qolmasdi. Xolbuki, pora bergan ham, olgan kabi qonun oldida birdek javobgardir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun