Biotexnik tadbirlar amalga oshirildi

Date:

Anomal sovuqda jonimizni asraymiz. Uyimizdagi mol-holimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatamiz. Nima bo‘lsa ham sovuqdan eson-omon chiqib olsak bo‘lgani. Ammo, mana shunday ob-havo sharoitida hech o‘ylab ko‘rganmikanmiz, tabiiy muhitda hayot kechiradigan jonivorlarning ahvoli nima kechadi. Ozuqa topishi qiyinlashmaydimi? Albatta, turgan gapki, ularning jon saqlab qolishlari haqiqiy muammoga aylanadi. Yemish qidirgan jonivorlar muhofaza hududidan chiqib, aholi yashash joylariga borib qolishi turgan gap. Oxir-oqibat esa ovchi va brokonerlarga o‘lja bo‘lishlari hech gap emas. Mana shunday holatlarning oldini olish, qolaversa, ochiqlikda, tabiiy muhitda yashovchi jonivorlaning hayotini asrab qolish maqsadida Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tashabbusi bilan joylarda biotexnik tadbirlar amalga oshirilayotir.
Birgina Muzrabot tumanini oladigan bo‘lsak, tumandagi yastanib yotgan dashtliklarda 30 dan ortiq hayvon turlari hayot kechiradi. Hududdagi bioxilma-xillikni asrab qolish maqsadida maxsus joylar tayoyorlanib, yem to‘kib chiqildi. Mana shunday chora-tadbirlar orqali o‘simlikxo‘r jonivorlar, qushlarning ham muhofazasi ta’minlanadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun