Diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlar o‘qitiladi

Date:

Diplomatik lavozimda faoliyat yuritish ham aslida bir san’at, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Diplomat kuchli siyostachi, mohit arator va ishontira olish, masalaga oqilona yondashishni ham bilmog‘i lozim. Bunday lavozim egalariga ishonch bildirildimi, bu ishonchi, albatta, ular oqlamog‘i, sidqidildan xizmat qilmog‘i lozim. Diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni o‘qitishni tashkil etish tartibi belgilangani esa ayni muddao bo‘ldi. Hukumat qarori bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili, bosh konsul, konsul, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalardagi maslahatchi-vakili, maslahatchisi (shu jumladan, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha), birinchi, ikkinchi, uchinchi kotibi va attashesi bilan quyidagi lavozimlariga tayinlash maqsadida kadrlar zaxirasiga tanlangan shaxslar (nomzodlar) Diplomatik akademiya o‘quv kurslarida malaka oshirish uchun yuboriladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram bayramdek o‘tsin!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan aholi gavjum joylarda xavfsizlikni...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon oyining ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ruhini targ‘ib etish...

Ta’limda xalqaro tajriba

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, yetakchi...

Navro‘z sayllari boshlandi

Surxondaryo viloyatida bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z umumxalq...
KunTun
KunTun