Prokuratura organlari xodimlari sharaflandi

Date:

Bolalikdan ko‘pchilik qonun posboni bo‘lishni orzu qiladi. 4-5 ta bola bir bo‘lib qolsa, o‘ynaydigan o‘yini ham sud ishi bo‘ladi. Kimdir sudya, advokat, kimdir jinoyatchi bo‘lsa, yana bir prokuror bo‘ladi. Sud ishlarida qonun ustuvorligini ta’minlashda, jamiyatni qora chirkinlardan tozalash maqsadida ish olib borguvchi prokurordan katta mas’uliyat va bilim-salohiyat talab etiladi. U qonunlarni bilishi, amaliyotda esa mohirana tadbiq eta olishi bilan hamkasblarini sergaklantirib turadi. Zahmatkash soha xodimlari kuni esa Surxondaryo viloyatida ham bayram tadbiriga ulanib ketdi.
Termiz shahridagi “Muhtasham saroy” tanatanalar saroyida boshlangan bayramda O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari uchun ajoyib konsert dasturi tashkil etilib, dasturxon tuzaldi. Soha xodimlarining quvonchiga sherik bo‘lgan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov esa kecha sababchilarini kasb bayramlari bilan tabrikladi.
Barcha sohada bo‘lgani kabi prokuratura sohasida ham yil bo‘yi fidokorona va halol mehnati ila jinoyatchilikka qarshi kurashgan, qonuniylikni taʼminlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotganlar talaygina. Ana shunday fidoyi, xizmat vazifalarini namunali bajarayotgan bir guruh prokuratura organlari xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i va bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun