Gʻolib taqdirlandi

Date:

Mehnat rag‘batsiz qolmasligi kerak. Rag‘bat insonni o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishi bilan birga, yangidan-yangi qirralarni kashf etishga eshik ochadi. Angor tumanidagi 25-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Mehribon Togʻayeva “Oʻqituvchilar – kelajagimiz bunyodkorlari” mavzusida oʻtkazilgan respublika videoroliklar tanlovida ishtirok etishni maqsad qildi. Ustozlarni madh etuvchi, ularning mehnat-u mashaqqatlarini ochib beradigan videorolik suratga oldi va tanlovga taqdim etdi.
Hayajonlisi natijalarni kutish bo‘ldi. To‘g‘ri, yurtimizda iqtidorlar, ijodkorlar ko‘p. Ularning orasida mening videoroligim e’tiborga tusharmikan degan hadikda bo‘lgan Mehribonning o‘y-xayollari xato chiqdi. U tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Bundash hushxabardan Mehribon yanglig‘ oilasi, ustoz-u do‘stlari ham quvondi. Angor tuman xalq taʼlimi boʻlimi esa g‘olibaga atalgan diplom va esdalik sovgʻalarini o‘z egasiga topshirdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rejasi barbod boʻldi

​DXX, Chegara qoʻshinlari va Bojxona qoʻmitasi hamkorligida Surxondaryoda yirik...

“Ibratli oila” — jamiyat faxri

Uzun tumanida “15-may — Xalqaro oila kuni” munosabati bilan...

Oltinsoylik yoshlar bo‘sh kelmadi

Termiz shahrida 2026-yilgi “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining viloyat...

Karina Himanshiga qarshi…

Toshkent shahri mezbonlik qilgan o‘smir qizlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha...
KunTun
KunTun