“Oqostona”da yangi bino foydalanishga topshirildi

Date:

Islohotlar samarasi eng avvalo mahallalarda seziladi. Odamlarning turmush tarzi, hayoti yaxshilanishiga xizmat qiladi. Mahalla ahli muammosi bo‘lsa ham, yaxshi kunlarida ham mahallaga boradi, faollariga maslahat soladi. Mahalla instituti ham katta kuch, xalqni qiynaydigan masalalarni hal etishda muhim o‘rin tutadi. Ana shunday xalq instituti joylashgan bino abgor holatda, o‘zi ta’mir va yordamga muhtoj bo‘lsa, xalqning ishonchi qolarmikan…

Uzun tumanidagi “Oqostona” mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan bino ham anchayin ta’mirta’lab bo‘lib qolgandi. Joriy yilda ushbu mahalla binosi “Obod mahalla” dasturiga tushirilib, qayta rekonstruksiya qilindi hamda shinam va ko‘rkam ko‘rinishga keltirildi.

Mahalla binosining foydalanishga topshirilishi esa katta bayramga aylanib ketdi. Mahallaning yosh-u keksasi ushbu quvonchga sherik bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘inida jam bo‘lishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda mahalla tizimiga alohida e’tibor qaratilayotganligi, mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun moslashtirilgan yangi binolar barpo etilib, samarali faoliyat olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotganligini ta’kidladilar.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun