“Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz”

Date:

Dunyo arenalarida yuqori pog‘onani zabt etgan sportchi sharafiga uning bayrog‘i ko‘tariladi. Boshqa sohalarda ham davlat xodimlari, ilmiy doiralar, madaniyat va san’at sohasi vakillari mustaqil O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro maydonda baland ko‘tarib kelmoqda. Eng hayajonlisi, harbiy xizmatchining Vatanni himoya qilishga tantanali ravishda qasamyod qilayotgan soniyalarda ham qo‘llarida davlat bayrog‘ini tutgan bo‘ladi.
13-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Bu kun yurtimizda katta bayram va shodiyona sifatida nishonlanadi. Bu safar esa sana munosabati bilan respublikamizning o‘n beshta shahrida bir vaqtning o‘zida Yangi Nafas sport musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Butun yurtimiz bo‘ylab 32 mingga yaqin ishtirokchi “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” yagona shiori ostida birlashadi.
Davlat bayrog‘i kunini nishonlash doirasida, Farg‘ona, Qo‘qon, Namangan, Andijon, Chirchiq, Guliston, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Navoiy, Buxoro, Urganch, Nukus, Toshkent hamda aynan Termiz aholisi Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shiladi. Respublika poytaxtida ushbu kuni bir vaqtda 3 ta – “Yangi O‘zbekiston”, “Ashxobod” parklarida va “Humo Arena” muz saroyining hududida ommaviy yugurish musobaqalari tashkillashtiriladi.
Barcha shaharlar uchun Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasining yagona masofa uzunligi 3 kilometr etib belgilangan. Tajribali yuguruvchilar uchun dasturga 12 kilometr uzunlikdagi masofa kiritilgan va uning marshruti “Yangi O‘zbekiston” parki.
Ommaviy yugurish musobaqasida nogironligi bo‘lgan yuguruvchilarning xavfsiz va qulay ishtirok etish uchun barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ko‘magida shaharlarning har birida ularning keng ko‘lamli tadbirda qatnashishi tashkil etiladi.
Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi doirasida har bir shaharda konsert – ko‘ngilochar tadbirlarining o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlab ommaviy fleshmoblar tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun