“Davlatning timsoli va qimmatli mulkidir…”

Date:

Millat tarixini, madaniyati va qadriyatlarini bugungi va kelajak avlodga yetkazadigan eng muhim vositalardan biri shubhasizki, bu uning tili hisoblanadi. Til nafaqat nutq vositasi, balki davlatning timsoli va qimmatli mulkidir.

21-oktabr esa “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan” kun. Shu munosabat bilan Termiz davlat universiteti axborot resurs markazida o‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan “Qadring baland bo‘lsin – ona tilim!” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Fakultet dekani, professor-o‘qituvchilari hamda faol talabalar ishtirok etgan tadbirda ona tilimiz ulug‘landi.

Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Ogahiy, Avloniy, Cho‘lpon singari buyuk bobolarimiz ijod qilgan turkiy tilning qimmati, qiymati va jozibasi haqida fikrlar bildirildi. O‘zbek tilini ulug‘lovchi she’rlar, g‘azal va ruboiylar o‘qildi. Diltortar navolarga, go‘zal raqslarga ulangan kecha barchaga manzur bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun