Botir Zokirov ijodiy merosi bilan tanishtirgan tanlov…

Date:

Ra’no qo‘shig‘i quloqlarimizga eshitilishi bilan Botir Zokirov – o‘zbek estradasi asoschisi, serqirra ijodkor siymosi ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. O‘zini san’atga bahshida etgan insonning ibratli hayot yo‘li haqida bir soniya bo‘lsa-da o‘ylaymiz.

Sehrli ovoz, o‘ziga xos uslub, turli tillardagi xonishlari ila ko‘ngillardan joy olgan san’atkorning ijodini, san’atini sevmay bo‘larmikan. Shou biznesda qancha-qancha daryolar, soylar oqib o‘tsa hamki, qancha-qancha san’atkorlar, havaskorlar o‘tib, qo‘shiqlari xatto yodimizda ham qolmaganlari ham bor, ammo yillar silsilasidan o‘z qimmatini, sehrini, jozibasini yo‘qotmay, qayta va qayta tinglanayotgan o‘lmas meros bo‘lmish bu qo‘shiqlar har tinglaganda quloqqa yaqin, sevikli. Mehrimiz, ihlosimiz oshaveradi. Ayni shunday ijod yo‘lini bosib o‘tishni istamaydigan ijodkor bo‘lmasa kerak. Sariosiyo tuman madaniyat bo‘limi tasarrufidagi barcha madaniyat markazlari hamda tuman ma’naviyat bo‘limi hamkorligida Sharg‘un shahar madaniyat markazida tashkil etilgan “Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qo‘shiqchilari” tanlovining tuman bosqichida ishtirok etgan yosh havaskorlarga esa ana shunday ijod yo‘lini nasib etishini tiladik.

Bu tanlov O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov ijodiy merosi bilan tanishtiradi. Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topishda ilhom, kuch beradi. O‘z iqtidorini, sohir ovozini namoyish etgan ishtirokchilar qanday qo‘shiq ijro etishmasin yoshlariga mos did, o‘ziga xos yondashuvni sezish qiyin emas.
Botir Zokirov ijodiga murojaat qilganlarning-da jur’ati, harakati va mehnati tahsinga sazovor. Kamron Meliqulov ijrosi esa tomoshabinlar ko‘nglidan joy oldi. Kamronbek tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va keyingi bosqichda tuman sharafini munosib himoya qiladigan bo‘ldi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun