Eng to‘g‘ri yo‘lni esa siz tanlaysiz…

Date:

Rossiyaga pul topish maqsadida ketgan yurtdoshlarimiz haqida eshitsam, o‘ylanib qolaman. Ularga nisbatan ichimda achinish tuyg‘usi uyg‘onsa, boshqa tomondan ota-onasi, bola-chaqasi, oilasidan yiroqqa ketib, mehrga zor qilgan ota-onalarga nisbatan g‘azabim qaynaydi.
Muammo mablag‘ga borib taqalar ekan, ota-onalarning, og‘a-inilarning bir necha yillari musofirlikda, ishlab pul topishga majbur. Ammo, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatlar, o‘zaro urushlarning kuchaygani, Rossiya Federatsiyasida harbiy safarbarlik e’lon qilingani yaqinlari o‘sha hududlarda ishlaydigan yurtdoshlarimiz ko‘ngliga g‘ulg‘ula solmay qo‘ymaydi. Ana shunday vaziyatlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ogohlantirishlari, qonunchilik bilan asoslangan targ‘ibotlari zora pul topish ilinjida hech narsadan tap tortmaydigan ba’zi yurtdoshlarimizning fikridan qaytara olsa…
Xolbuki, moddiy manfaatdorlik yoki shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib, qurolli to‘qnashuvlarda, harbiy harakatlarda qatnashish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 154-moddasiga binoan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishlarini unutmasa bo‘lgani.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddasiga ko‘ra boshqa bir davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga xizmatga kirganlar O‘zbekiston fuqaroligidan mahrum qilinishiga sabab bo‘ladi.
Bir o‘ylab ko‘raylik, qandaydir manfaatdorlik evaziga qon kechib, shirin jonlarga ozor yetkazish gunoh. Bunday harakatlarning oxiri esa nogironlik yoki muqarrar o‘lim. Omon qilganlarchi, uzoq yillar sizning yo‘lingizga ko‘z tikkan qora ko‘zlarning diydorini ko‘rishdan mahrum bo‘lishga arziydimi? O‘ylab ko‘ring, eng to‘g‘ri yo‘lni esa siz, xorijda ishlayotgan yurtdoshlar tanlaysiz…

Dinara Qo‘zimurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sotsiologiya — zamonaviy jamiyatni anglash kaliti

Bugungi kunda jamiyat misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgarib bormoqda. Raqamli...

Sport festivali g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari o‘rtasida...

Imkoniyat emas, iroda g‘alaba qozondi

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘zlarining qat’iyati, matonati va tinimsiz mehnati...

Hosildorlik oshiriladi

Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikka erishish, ilg‘or agrotexnik usullarni ommalashtirish...
KunTun
KunTun