Muammoga yechim topildi… mi?

Date:

Yangi mashina xarid qilish quvonchi sizga ham begona bo’lmasa kerak. Kamina ham ana shunday xursandchilikni boshimdan o’tkazdim. Yap-yangi mashinani olishga oldim, endi uni nomimga rasmiylashtirish ishlarini boshlashim kerak. Afsuski, mashinani rasmiylashtirish, davlat raqamini taqish, kerakli to‘lovlarni amalga oshirish ishlari jonimni hiqildog‘imga keltirdi. Hujjatlarni taqdim etish uchun kunni o‘tkazgan bo‘lsam, to‘lov kvitansiyalarni olish uchun ikkinchi kunim ham navbat va bazani ishlab ketishini kutish bilan o‘tdi. Endi barcha ishni bitkazib, raqamni olaman deganim hamono 3 kundan keyin xabarlashishimni, raqam yo‘qligini, Toshkentdan kelishi bilan berishlarini aytdi. Mashina kreditga olingan emasmi, kerakli hujjatlarni yetkazib berish muddati ham o‘tib, jarimaga tortilish xavfi mashina olganimdagi xursandchiligimni tumanday tarqatib yubordi. Mana sizga tizimning ishlashi-yu, axborot va texnika asridagi tezkorlik…
Shunchaki, rasmiy manbalarda e’lon qilingan yangilikka ko‘zim tushdi-yu, mana shunday ortiqcha dahmazalarning oldi olinadigan bo‘libdi-da, deya hovurimdan tushdim.
Joriy yilning 1-dekabridan boshlab, mashinani rasmiylashtirish, raqam taqish va GAIga borish shart emas. endi transportni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat raqami berish sohasidagi davlat xizmatlari qo‘shimcha to‘lov asosida planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar yordamida xizmat ko‘rsatuvchi xodimning o‘zi uyingizga kelib xizmat ko‘rsatadi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun