TerDU talabalarining darsligi Yevropaning Moldava davlatida chop etildi

Date:

Til o‘rganishni boshlovchilar eng avvalo bu bo‘yicha muvaffaqiyatga erishganlardan fikr va tavsiya olishni istaydi. Bu ularga o‘zlariga nisbatan ishonch va o‘rganishga nisbatan dadil qadam tashlashga imkon beradi. Termiz davlat universitetining xorijiy filologiya fakulteti talabalari Muyassar Barotaliyeva va Munisa Bahromovalarning bu borada o‘z aytar gaplari bor. Ularning bu fikrlari, anglaganlari va aytmoqchi bo‘lganlari ko‘pchilikka ayni kerak bo‘ladigan narsa. Talaba qizlarning aytmoqchi bo‘lganlari esa bir kitobga jam bo‘ldi. Shu tariqa tayyor bo‘lgan “Mystery of Reading” nomli qo‘llanma esa “Lambert Academic Publishing Press” nashriyotida chop qilindi.

Aytish kerakki, ushbu qo‘llanma o‘qish aspektini mustaqil yoki guruh bo‘lib o‘rganish uchun turli strategiyalarni taqdim etadi. Barcha savol turlari tahlil qilinadi va ushbu savollar bo‘yicha testlar taqdim etiladi. Qo‘llanmada beriladigan bilim va ko‘nikmalar CEFR davogarlari uchun ham foydali.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun