Prezident sovg‘asi topshirildi

Date:

Prezident sovg‘asi — davlat rahbarining e’tibori, e’tirofi va rag‘batidan dalolat beradi. Bu sovg‘a uning egalari ko‘nglini tog‘dek ko‘taradi, yangidan-yangi marralarni zabt etishga chorlaydi. Termiz shahridagi San’at saroyining yozgi sahnasida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida viloyat hokimi To‘ra Bobolov “Umid nihollari-2022” sport musobaqasida umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Denov tumani jamoasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi “Damas” rusumli avtomashinaning kalitini topshirdi.

“Umid nihollari” o‘tgan o‘quv yili davomida yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va ko‘nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalariga sport zaxirasini tayyorlash, o‘quvchilarni sport mashg‘ulotlariga uzluksiz jalb etishga qaratilgan sport musobaqasidir. Sport musobaqalarining final bosqichlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularning murabbiylari-da munosib rag‘batlantirilgan marosimda sovrindorlarning yaqinlari, senatorlar, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov so‘zga chiqib, musobaqa g‘oliblarini tabrikladi.
Musobaqalarda viloyatimizdan jami 509 nafar o‘quvchi hamda 51 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi munosib ishtirok etdi. Ularga esdalik sovg‘alari, medal hamda diplomlar topshirildi. Aytish kerakki, 1-o‘rinni egallagan o‘quvchilarning har biriga noutbuk, 2-o‘rin uchun televizor, 3-o‘rinni egallaganlarga velosiped, medal va diplom, shuningdek, ularni musobaqalarga tayyorlagan o‘qituvchi-murabbiylari sport ekipirovkalari bilan taqdirlandi.

Viloyatning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar esa yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun