Havo flotining 30 yilligi keng nishonlandi

Date:

Keldiyor Jo‘rayev hali yosh. Butun bir kelajagi oldinda turgan umidli yoshlardan. U kelajakda kim bo‘lishi haqida ko‘p o‘ylagan, ammo yuragiga yaqin biror kasbni tanlagan emas. Janubiy operativ qo‘mondonligi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi havo floti tashkil etilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, birinchi bor samolyotga chiqdi. Taassurotlar esa ajoyib. Ko‘nglida uning-da harbiy uchuvchi bo‘lish ishtiyoqi yona boshladi.

Buning uchun birgina orzu va istakning o‘zi yetmasligini Keldiyor yaxshi biladi. Shuning uchun ham marosimda ishtirok etayotgan harbiy uchuvchi akalaridan kerakli maslahat va tavsiyalarni olishga ham ulgurdi.
Haqiqatan ham bolaligida harbiylikni, uchuvchilikni orzu qilmagan yosh kamdan-kam topiladi. Bu orzular intilish, ishtiyoq va bilimlar bilan mustahkamlansa, albatta, amalga oshadi. Mana shunday tadbirlar, marosim va uchrashuvlar esa bu orzuni yanada alangalatishi shubhasiz.

Barchaga yaxshi ayonki, mamlakatimizda avgust oyining uchinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi havo floti, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari mutaxassislari kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi Janubiy operativ qo‘mondonligining Kakaydi garnizonidagi harbiy qismda bo‘lib o‘tgan tantanali marosim harbiy qism saf maydoniga davlatimiz va mudofaa vazirligi bayroqlari harbiy orkestr kuy sadolari ostida tantanali olib kirilishi bilan boshlandi.
So‘zga chiqqanlar ham so‘nggi yillarda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy armiyamizning xalqaro nufuzini yuksaltirish, jangovar tayyorgarligi oshirilganini ta’kidlashdi. Shuningdek, soha fidoyilari kasb bayramlari bilan tabriklandi.

Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i, polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev Mudofaa vaziri buyrug‘i bilan bir guruh harbiy xizmatchilarga “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishoni, esdalik nishonlar, faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘alar va navbatdagi harbiy unvonlarni tantanali topshirdi. Qolaversa, janubiy operativ qo‘mondonligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari ham o‘z egalariga topshirildi.
Bayram tadbirida zamonaviy uchish texnikalari namoyish etildi. Milliy darbozlar o‘yini esa tomoshabinlar ko‘nglida o‘zgacha hayajon va kayfiyat uyg‘otdi. Harbiy samolyotlar bilan yaqindan tanishuv esa yoshlar ko‘nglida sohaga va kasbga mehr tuyg‘usini uyg‘ongani aniq.
Tadbir Xayrabod garnizoni harbiy qism faxriy qorovul shaxsiy tarkibi chiqishlari, Termiz garnizoni harbiy orkestr jamoasi va tuman madaniyat uyi xodimlarining sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun