Mental arifmetika — kelajakka ishonch bilan…

Date:

Mental arifmetika – yuqori sifatli dastur bo‘lib, sodda qilib aytganda matematik amallarni miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni o‘rgatadi. Mental arifmetika kurslariga qatnagan bolada diqqatni jamlash, mantiq, tasavvur qilish, analitik va ijodiy fikrlash malakalari rivojlanib boradi.

Eng ahamiyatlisi, ushbu dastur bo‘yicha ta’lim olayotgan bolalar nafaqat matematikadan, balki boshqa fan sohalarida ham muvaffaqiyatga erisha oladilar. Buning uchun o‘rganuvchi o‘ziga ishonsagina qiyinchiliklarni yenga oladi. Qiziriq tumanidagi Barkamol avlod bolalar maktabining 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Mental arifmetika” to‘garagi a’zolari ana shunday qiyinchiliklarni yengib o‘tib, o‘zlaridagi ishonch bilan mental arifmetikani o‘zlashtirib borayotir. Natija esa yomon emas. Shundanmi to‘garak a’zolarining soni kun sayin ortib bormoqda.

Dars jarayonida to‘garak rahbari Nargiza Jannayeva tez va qisqa fursatda arifmetik amallarni to‘g‘ri va aniq bajarishni o‘rgatib kelmoqda. Ishonchni oqlagan o‘quvchilar esa har qanday amalni kalkulyatordek tez va to‘g‘ri bajaryapti. O‘quv yili boshlansa, endi to‘garak o‘quvchilariga matematik misol va masalalarni bajarish uchun qog‘oz va qalam kerak emas. Ular bu amallarni xayolda hisoblaydilar.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun