O‘z faoliyatini boshladi…

Date:

Ishtiyoq bo‘lsa imkon topiladi. Xalqqa xizmat qilishni maqsad qilgan “BOYSUN SURXON MEGA BURGER” MCHJ tomonidan Boysun tumanidagi Yoshlar istirohat bog‘ida “REGISTON BURGER” umumiy ovqatlanish maskani o‘z faoliyatini boshladi.

Istirohat etishni ko‘ngliga tukkan borki, albatta, tamaddi qilmay qaytmaydi. Ana shunday insonlarga mazali va tez tayyor bo‘ladigan taomlarni badastir qilib turguvchi mo‘jazgina oshxona bir vaqtning o‘zida 60-70 nafar mijozga xizmat ko‘rsata oladi. Qolaversa, ishsizlarni ham doimiy ish bilan ta’minlagani ayni muddao bo‘ldi.
Maskanning ochilish marosimi katta shodiyonaga ulanib ketdi. Sektor rahbarlari, nuroniylar, faollarning duolari bilan faoliyat boshlagan maskan, albatta, kelgusida munosib xizmat ko‘rsatadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun